Portugaliya bosh vaziri Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi
Portugaliya bosh vaziri Luish Montenegro Krishtianu Ronaldu terma jamoa qarorgohini tark etganidan so‘ng vaziyatga aralashdi. SIC Notícias xabariga ko‘ra, hukumat rahbari Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedro Proensa bilan bog‘lanib, bosh murabbiy Jorje Jezush bilan gaplashishni so‘ragan.
Montenegro va Jezush o‘rtasidagi suhbat tafsilotlari oshkor qilinmagan. Portugaliya matbuotiga ko‘ra, bosh vazir vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida bevosita murabbiy bilan gaplashgan. Ayrim manbalarda Montenegro Krishtianu Ronaldu bilan ham aloqaga chiqqani qayd etilgan.
Ronaldu avvalroq Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etganini ma’lum qilgandi. Futbolchi bu qarorni bosh murabbiy Jorje Jezushning matbuot anjumani hamda federatsiya prezidenti bilan suhbatidan keyin qabul qilganini bildirib, ketishining sabablarini keyinroq portugaliyaliklarga tushuntirishini aytdi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya 1-oktabr kuni Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi safarda maydonga tushadi. Krishtianu Ronaldu ushbu uchrashuv oldidan terma jamoa qarorgohini tark etgan.