locale OZ

Portugaliya Bosh vaziri milliy terma jamoa futbolchilariga Diogo Jota xotirasiga bag'ishlangan bilaguzuklarni sovg'a qildi

Qayd etilishicha, ularni maydonda ham taqib yurish mumkin.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Portugaliya Bosh vaziri milliy terma jamoa futbolchilariga Diogo Jota xotirasiga bag'ishlangan bilaguzuklarni sovg'a qildi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Vitinya mamlakat bosh vaziri Luish Montenegruning taʼsirli harakati haqida gapirib berdi: JCh-2026 oldidan u milliy jamoa futbolchilariga Diogu Jota ismi tushirilgan bilakuzuklarni topshirgan.

Eslatib oʻtamiz, Jota va uning akasi Andre Silvaning fojiali oʻlimi oʻtgan yilning iyul oyida Ispaniyaning shimoli-gʻarbida sodir boʻlgan edi — ular ketayotgan avtomobil trassadan chiqib ketgan va yonib ketgan.

«Bosh vazir Luish Montenegru bilan uchrashganimizda, u bizga ushbu bilakuzuklarni sovgʻa qildi va ulardan hatto oʻyinlar paytida ham foydalanish mumkinligiga ishonch hosil qildi. Bilakuzuk maydonda taqib yurish uchun zarur boʻlgan barcha talablarga javob beradi. Unda barcha futbolchilarning ismlari, shuningdek, Diogu Jotaga bagʻishlangan maxsus eslatma bor. Uni taqishni xohlaymizmi-yoʻqmi va qanday koʻrinishda taqishni oʻzimizga qoldirdi. Biz bu sovgʻani katta mamnuniyat bilan qabul qildik va barchamiz ularni taqib yurishga qaror qildik», — deya Vitinya.

Jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi Kolumbiya, Oʻzbekiston va Kongo Demokratik Respublikasi bilan bir guruhdan joy olgan. Turnir 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting