Portugaliya Armaniston darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritdi
Kelasi yili AQSHda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati Yevropa qit'asi saralash o'yinlari doirasidagi Armaniston hamda Portugaliya milliy jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi.
Unda mehmonlar yirik 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ronaldu uchrashuvda dubl qayd etdi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa. 6 sentyabr
F guruhi. 1-tur
Armaniston — Portugaliya 0:5
Gollar: Feliks 10, 61 (dubl), Ronaldu 21, 46 (dubl), Kanselu 32.
Armaniston: Genri Avagyan — Kamo Oganesyan, Erik Piloyan, Georgiy Arutyunyan, Sergey Muradyan, Nair Tiknizyan — Ugochukvu Ivu, Eduard Spersyan — Lukas Selarayan, Vaan Bichaxchyan, Tigran Barsegyan (K).
Portugaliya: Diogu Koshta — Joau Kanselu, Ruben Diash, Gonsalu Inasio, Nunu Mendesh — Joau Nevesh, Vitinya — Brunu Fernandesh — Krishtianu Ronaldu (K), Pedro Netu, Joau Feliks.