Portugaliya 7 o'yindan beri mag'lubiyatga uchragani yo'q
Ular so'nggi marta mart oyida mag'lub bo'lgan.
ФОТО: Getty images
Portugaliya terma jamoasi mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirdi.
Roberto Martines jamoasi JCh-2026 saralashining 8-turida Vengriya bilan durang o'ynadi (2:2). Natija portugallarning mag'lubiyatga uchramagan yettinchi o'yini bo'ldi.
Bu seriа mart oyidan beri davom etib kelmoqda. So'nggi marta Daniyaga Millatlar ligasi bahsida 1:0 hisobida mag'lub bo'lishgan. O'shandan beri 5 g'alaba va 2 durang qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya 4 o'yinda 10 ochko to'plagan holda jahon chempionati saralash guruhida 1-o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi turni 13 noyabr kuni Irlandiyaga qarshi safarda o'tkazadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist