locale OZ

«Portu» Zinchenko bilan muzokara o'tkazmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Portu» Zinchenko bilan muzokara o'tkazmoqda
Photo: Getty Images

“Arsenal” himoyachisi Aleksandr Zinchenko faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Portu” 28 yoshli ukrainalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Portugallar allaqachon “Arsenal” bilan ushbu masala yuzasidan bog'langan, ammo hali muzokaralar boshlanmagan.

Avvalroq “Fulhem” jamoasi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Zinchenko o'tgan mavsum barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting