locale OZ

«Portu» to‘purari Samu Agexova og‘ir jarohat oldi

Hozirda «ajdaholar» Portugaliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Portu» to‘purari Samu Agexova og‘ir jarohat oldi
FOTO: Getty Images

«Portu» jamoasi hujumchisi Samuel Agexova jiddiy jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Portugaliya klubining rasmiy sayti xabar tarqatdi.

«Sporting»ga qarshi bahsning tanaffusida almashtirilgan Samu o‘ng tizzasidagi boylamlarning cho‘zilishi va oldingi xochsimon boylamlarining shikastlanishi tashxisi bilan safdan chiqdi. Yaqin kunlarda ispaniyalik futbolchi «ajdaholar» tibbiy xizmati tomonidan qaytadan chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkaziladi», — deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, Samuelning «Portu» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Ispaniyalik hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi.

Ayni damda «Portu» Portugaliya Primeyra ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting