locale OZ

Polsha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Polsha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Photo: Getty Images

Yan Urban Polsha terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

63 yoshli mutaxassis 12 iyun kuni terma jamoa postini tark etgan Mixal Probej o‘rnini egalladi. Istefoga JCH-2026 saralash bosqichida Finlyandiya terma jamoasidan qabul qilingan mag‘lubiyat (1:2)dan bir necha kun o‘tib va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri Robert Levandovskiy bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab bo‘ldi.

Levandovskiy Probej boshchiligida terma jamoada o‘ynashdan bosh tortgan edi.

Polsha futbol assotsiatsiyasi prezidenti Tsezariy Kuleshaning aytishicha, Urban oldiga JCH-2026 final bosqichiga chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting