locale OZ

Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Levandovski bilan mojaro ortidan iste'foga chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Levandovski bilan mojaro ortidan iste'foga chiqdi
Photo: Getty Images

Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Mixal Probjezh lavozimini tark etdi.

Ma'lum qilinishicha, terma jamoa hujumchisi Robert Levandovski Probjezh boshchilik qilayotgan paytda terma jamoada o‘ynamasligini bildirgan edi. 36 yoshli forvard murabbiy undan sardorlik bog‘ichini olib qo‘ygach, shunday qarorga kelgan.

"Hozirgi vaziyatda terma jamoa manfaatlari uchun eng to‘g‘ri qaror murabbiylikdan ketishim bo‘ladi, degan xulosaga keldim. Polsha terma jamoasida ishlash menga professional orzumni ro‘yobga chiqarishga imkon berdi, bu men uchun eng katta sharaf", – dedi Probjezh.

Ma'lumot uchun, Probjezh 2023 yil sentabridan beri Polsha terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida terma jamoa 21 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat va 4 ta durang qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting