Poʻlatxoʻja Xoldorxonov endi «Andijon» futbolchisi
Xoldorxonov 2003-yilning 6-iyul sanasida tavallud topgan.
Фото: Андижон ПФК
Poʻlatxoʻja Xoldorxonov endi “Andijon” futbolchisi. U bilan shartnoma imzolandi va yangi mavsumda “Burgutlar” uchun oʻynaydi.
Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 2003-yilning 6-iyul sanasida tavallud topgan. Oʻtgan yili birinchi davrada “Navbahor”, ikkinchi davrada “Shoʻrtan” safida toʻp surdi. Hujumchi namanganliklar safida (Superliga va Kubok) 9 ta oʻyinda 1 ta gol urgan boʻlsa, “Shoʻrtan”da (Superliga va Kubok) 16 ta bellashuvda 7 ta gol muallifiga aylandi.
Shuningdek, Xoldorxonov “Paxtakor” va “Olimpik”da ham faoliyat olib borgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist