locale OZ

Pol Pogba «Monako»dan ketishi haqida gapirdi

Pogba 2025 yil yozida "Monako" futbolchisiga aylangan edi.
Pol Pogba «Monako»dan ketishi haqida gapirdi
ФОТО: Getty images

Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba "Monako" klubini tark etgani haqida fikr bildirdi. Tomonlar shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilishdi.

"Prezident va 'Monako' rahbariyatiga, jamoadoshlarimga, butun xodimlar tarkibiga hamda menga ishongan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ushbu klub va Knyazlik sharafini himoya qilish men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi. 'Monako' — o‘ziga xos klub. Garchi umid qilganimdek ko‘p o‘yin o‘tkaza olmagan bo‘lsam-da, uning ranglarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lganim uchun doimo minnatdor bo‘laman", — dedi Pogba klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Pogba 2025 yil yozida "Monako" futbolchisiga aylangan edi. Biroq fransuz yarim himoyachisi jamoa safida bor-yo‘g‘i 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting