locale OZ

Pol Pogba Manchesterdagi uyini sotmoqchi

Sobiq “Manchester Yunayted” futbolchisi klubdagi faoliyati davomida sotib olgan ushbu mulkiga hozirda xaridor izlamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pol Pogba Manchesterdagi uyini sotmoqchi
Foto: Getty Images

Fransiyalik futbolchi Pol Pogba Manchesterda joylashgan uyini sotuvga qo‘ydi. Sobiq “Manchester Yunayted” futbolchisi klubdagi faoliyati davomida sotib olgan ushbu mulkiga hozirda xaridor izlamoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Pogba so‘nggi haftalarda uyining narxini pasaytirgan. Avval mulk uchun 4,5 million yevro so‘ralgan bo‘lsa, hozir uning narxi 4 million yevrodan biroz yuqori etib belgilangan.

Uy taxminan 690 kvadrat metr maydonni egallaydi. Unda beshta yotoqxona, kinoteatr, sport zali, davolanish xonasi va futbol mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan yopiq mini maydon mavjud.

Ma’lumot uchun, Pogba ushbu uyini 2017-yilda sotib olgan. Futbolchi hozirda yangi klub izlamoqda va uning keyingi faoliyati bo‘yicha turli variantlar muhokama qilinmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting