Pol Pogba Lamin Yamal haqida iliq fikrlar bildirdi
FOTO: Getty Images
Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba “Barselona”ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal haqida gapirdi.
“U ajoyib futbolchi. Menda eng katta taassurot qoldiradigan narsa shundaki, uning yoshidan ham yuqori bo'lgan futbol IQ darajasi bor.
U har doim nima qilish kerak bo'lsa, shuni qiladi. Uning yoshida buni qilish hayratlanarli ish. U maydonda sovuqqonlik bilan harakat qiladi”, - deydi Pogba.
Ma'lumot uchun, Yamal o'tgan mavsum barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist