locale OZ

Pol Pogba Fransiya terma jamoasi qarorgohiga tashrif buyurdi

Pogba futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan uchrashib, ularga Marokashga qarshi muhim bahs oldidan omad tiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pol Pogba Fransiya terma jamoasi qarorgohiga tashrif buyurdi
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba JCh-2026 chorak finalidan oldin jamoa joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurdi.

Pogba futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan uchrashib, ularga Marokashga qarshi muhim bahs oldidan omad tiladi hamda o‘z qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Tashrif davomida u terma jamoa futbolchilari bilan samimiy suhbatlashib, esdalik uchun suratga ham tushdi.

Ma'lumot uchun, Pol Pogba 2018-yilda Fransiya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo‘lgan. U uzoq tanaffus va jarohatlardan so‘ng hamon "Les Bleus" atrofida bo‘lib, jamoani muhim uchrashuvlar oldidan qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting