locale OZ

Pol Pogba diskvalifikatsiyadan keyin nima uchun faoliyatini yakunlamaganini aytdi

Fransiyalik futbolchi 2023 yilda futboldan chetlatilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pol Pogba diskvalifikatsiyadan keyin nima uchun faoliyatini yakunlamaganini aytdi
FOTO: Getty Images

«Monako» yarimhimoyachisi Pol Pogba Fransiya chempionatining 32-turi doirasidagi «Mets»ga qarshi o‘yin oldidan nima uchun hamon futbol o‘ynashda davom etayotgani haqida gapirib berdi.

L1+ kanali efirida fransiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda va stadionlarda muxlislardan olayotgan mehribonlik hamda qo‘llab-quvvatlashni ko‘rganida to‘xtab qola olmasligini, odamlarga zavq ulashishni istashini ta’kidladi.

Pol Pogbaning qonida taqiqlangan moddalar topilgani haqida ilk bor 2023 yil 11 sentabrda ma’lum bo‘lgan edi. Testosteron iste’mol qilgani sababli u 2024 yil fevral oyida to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Keyinchalik Pogba jazoni 18 oygacha qisqartirishga erishdi va 2025 yilning mart oyida maydonga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq «Yuventus» u bilan shartnomani bekor qildi. Yozda esa futbolchi erkin agent sifatida «Monako» bilan kelishuvga erishdi.

Joriy mavsumda Pogba «Monako» safida Fransiya chempionatida beshta o‘yinda ishtirok etdi, biroq hozircha samarali harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting