Pogbaning yangi jamoasi ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
Pol Pogba faoliyatini “Monako”da davom ettirish arafasida. Bu haqda leparisien.fr xabar bermoqda.
32 yoshli jahon chempioni erkin agent sifatida monakoliklar tarkibiga qo‘shiladi va ikki yillik shartnomaga imzo chekadi.
Avvalroq unga Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi ham qiziqish bildirgan, biroq “Yuventus”ning sobiq yarim himoyachisi knyazlik klubi safiga o‘tish uchun katta moliyaviy imkoniyatlardan voz kechdi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba doping iste'mol qilgani uchun diskvalifikatsiya sababli jamoasiz qolgan edi. "Yuventus" u bilan shartnomani noyabr oyida bekor qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist