Pogbaning xizmatlari \"Monako\"ga taklif qilindi
U Fransiyada o‘ynashga tayyor
Photo: Getty Images
Fransiyalik futbolchi Pol Pogbaning xizmatlari “Monako” klubiga taklif qilindi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, monegasklar yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan. Agar Pogba avvalgi formasini tiklay olsa, “Monako”da muhim figura bo‘lishi mumkin.
Hozircha bu xabar rasmiy tasdiqlanganicha yo‘q. Pogba faoliyatini davom ettirish uchun Fransiyada to‘p surishga tayyor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist