locale OZ

Pogba uch yillik tanaffusdan soʻng yana asosiy tarkibda maydonga tushadi — manba

«Monako» yarimhimoyachisi doping sabab uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pogba uch yillik tanaffusdan soʻng yana asosiy tarkibda maydonga tushadi — manba
FOTO: Getty Images

Fransiyalik yarimhimoyachi Pol Pogba Fransiya chempionatining 32-turi doirasidagi «Mets»ga qarshi uchrashuvda «Monako»ning boshlang‘ich tarkibidan joy oladi. Bu haqda Nice Matin nashri xabar bermoqda.

33 yoshli futbolchi uchun bu voqea o‘ziga xos ahamiyatga ega, sababi u oxirgi marta 2023 yil 14 mayda — deyarli uch yil muqaddam «Yuventus» safida «Kremoneze»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. O‘shandan beri turli sabablar, jumladan, uzoq muddatli diskvalifikatsiya tufayli u o‘yinlarni zaxira o‘rindig‘ida yoki maydon tashqarisida o‘tkazib kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Pol Pogba 2025 yilning yozida, dori vositalari (doping) sababli belgilangan jazo muddati yakunlangach, erkin agent maqomida «Monako» safiga qo‘shilgandi.

Futbolchi hozirga qadar Fransiya chempionatida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa-da, hali samarali harakatlar (gol yoki uzatma) bilan ajralib turgani yo‘q.

Avvalroq taniqli insayder Nikolo Skira Pogbaning yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Shu sababli, mavsumning qolgan qismi uning kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Mets» — «Monako» uchrashuvi bugun, 2 may (shanba) kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting