locale OZ

Pogba «Monako»dagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi

33 yoshli fransuz o‘tgan yil dekabridan buyon ilk bor rasmiy o‘yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pogba «Monako»dagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi
ФОТО: Getty images

«Monako» yarimhimoyachisi Pol Pogba jarohatdan so‘ng Liga 1 29-tur doirasidagi «Parij»ga qarshi bahsda (1:4) maydonga qaytdi va jamoada qolishi borasida fikr bildirdi.

«Olqishlar? Bu meni chinakamiga hayratga soldi. Bu yerda, ushbu stadionda his qilganlarim... rostini aytsam, bunday vaziyat guvohi bo‘lish yoqimli. Bu yuragimga beg‘ubor iliqlik olib kirdi. E’tiborimni o‘yinga qaratgan edim, biroq muxlislarni juda yaxshi eshitib turardim va bu ajoyib holat.

O‘zimni juda yaxshi his qilyapman va jamoamga asosiy maqsad — Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda imkon qadar yordam bermoqchiman.

Keyingi mavsum haqida o‘ylayapmanmi? Hozircha shu yerdaman [Monakoda] va menda bor ma’lumotga ko‘ra, hamkorligimiz hali uzoq davom etadi. Hozir faqat oldinda kutib turgan o‘yinlar haqida o‘ylayapman.

Asosiy tarkibda tushish yoki maydonda to‘liq harakat qilish? Men doim tayyor bo‘lishim kerak. Murabbiy men tayyorligimni biladi va hammasi unga bog‘liq — u meni maydonga tushirishni xohlarmikan, men u uchun yetarli darajada yaxshimimanmi... Mashg‘ulotlar sizni tayyor bo‘lishingiz va maydonda 90 daqiqa harakat qilishingiz uchun zamin yaratadi», — dedi Pogba Foot Mercato nashriga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting