locale OZ

Pogba faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

33 yoshli futbolchida AQSh chempionatiga o‘tish uchun bir nechta variant mavjud.
Pogba faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Фото: Getty Images

«Yuventus» va «Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Fransiyalik futbolchiga «Inter Mayami», «Di Si Yunayted» va «Nyu-York Siti» klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli futbolchida AQSh chempionatiga o‘tish uchun bir nechta variant mavjud. Hozircha klublardan birortasi bilan kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Pogba o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida «Monako» safida oltita bahsda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlarni amalga oshira olmagan.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik yarim himoyachi taqiqlangan moddalarni iste’mol qilgani uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiyani o‘tab bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting