locale OZ

Pochettino: “Tottenhem”ga 2016/17-yilgi APL chempionligi berilishi kerak”

Argentinalik mutaxassis bunga o‘sha mavsum chempioni “Chelsi”ning moliyaviy qoidabuzarliklari aniqlanganini sabab qilib ko‘rsatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pochettino: “Tottenhem”ga 2016/17-yilgi APL chempionligi berilishi kerak”
Foto: Getty Images

“Tottenhem”ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino London klubiga 2016/17-yilgi Angliya Premyer-ligasi chempionligi berilishi kerakligini aytdi. Argentinalik mutaxassis bunga o‘sha mavsum chempioni “Chelsi”ning moliyaviy qoidabuzarliklari aniqlanganini sabab qilib ko‘rsatdi.

“Chelsi” tarixiy moliyaviy qoidabuzarliklar sabab 2026-yil mart oyida Premyer-liga tomonidan 10,75 million funt jarimaga tortilgandi. Tekshiruv davomida 2011–2018-yillar oralig‘ida futbolchilar, ro‘yxatdan o‘tmagan agentlar va boshqa uchinchi tomonlarga oshkor qilinmagan to‘lovlar amalga oshirilgani aniqlangan.

Pochettinoning fikricha, bunday holatda chempionlik o‘sha mavsum ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga berilishi kerak. 2016/17-yilgi mavsumda Antonio Konte boshchiligidagi “Chelsi” 93 ochko bilan chempion bo‘lgan, Pochettinoning “Tottenhem”i esa klub rekordi bo‘lgan 86 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” Angliya oliy divizionida so‘nggi bor 1960/61-yilgi mavsumda chempion bo‘lgan. Pochettino esa hozirda AQSH terma jamoasini boshqarmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting