locale OZ

Pochettino «Milan» bilan muzokara olib bordi

«Rossoneri»da katta oʻzgarishlar kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pochettino «Milan» bilan muzokara olib bordi
FOTO: Getty Images

AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Milan» klubi bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Nashr bergan maʼlumotlarga koʻra, Angliyaning «Tottenhem» va Fransiyaning «PSJ» klublari sobiq ustozi «Milan»ga oʻtishga qiziqish bildirmoqda. Bunga «rossoneri» rahbariyati klubning yoshlar tizimini rivojlantirishga hamda raqobatbardosh jamoa shakllantirishga katta mablagʻ tikishni rejalashtirayotgani sabab boʻlgan.

Pochettino 2024 yildan buyon AQSh terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar moʻljallangan.

Avvalroq «Milan» jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini isteʼfoga chiqargan edi. Shuningdek, klub bosh direktori Jojo Furlani va sport direktori Igli Tare ham oʻz lavozimidan ozod etilgan. Mavsum yakunlariga koʻra, «qizil-qoralar» 70 ochko jamgʻarib, A Seriya turnir jadvalida beshinchi oʻrinni egalladi va Chempionlar ligasi zonasidan tashqarida qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting