locale OZ

Pochettino kelasi mavsumdan boshlab «Real»ni boshqarishi mumkin — manba

Argentinalik mutaxassis hozirda AQSh bosh murabbiyi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pochettino kelasi mavsumdan boshlab «Real»ni boshqarishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kelasi mavsumda Madridning «Real» klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda COPE jurnalisti Migel Anxel Dias xabar bermoqda.

«Menda Maurisio Pochettino kelasi mavsumda «Real» murabbiyi bo‘ladi degan taassurot uyg‘onmoqda. O‘ylashimcha, «qaymoqranglilar» yangi murabbiy nomini e’lon qilish uchun uzoq kutib o‘tirishmaydi», — dedi Dias.

Pochettino 2024 yilning sentyabr oyidan buyon AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Argentinalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyul oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

«Real»ni esa shu yilning yanvar oyidan beri Alvaro Arbeloa boshqarib kelmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting