locale OZ

Pochettino De Zerbining «Tottenhem»ga tayinlanishidan hafsalasi pir boʻldi — manba

Hozirda mutaxassis AQSH terma jamoasini boshqarmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pochettino De Zerbining «Tottenhem»ga tayinlanishidan hafsalasi pir boʻldi — manba
FOTO: Getty Images

AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Tottenhem» rahbariyati uning o‘rniga Roberto De Zerbi nomzodini ma’qul ko‘rganidan «juda xafa bo‘ldi». Bu haqda Give me Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «shporlar»ning sobiq ustozi klub egalarining tanlovidan jiddiy ravishda norozi. Pochettino so‘nggi oylarda bir necha bor Angliya Premyer-ligasiga qaytish istagi borligiga shama qilgan edi.

Bundan tashqari, mutaxassis London klubidagi birinchi faoliyati davridagi natijalari sababli muxlislar orasida hamon mashhur figura bo‘lib qolmoqda.

Biroq «Tottenhem» xo‘jayinlari Pochettinoning faqat Jahon chempionatidan so‘ng, ya’ni yoz o‘rtalarida bo‘shashini tushunib yetishgan. De Zerbi esa ayni damda ishsiz va takliflar uchun ochiq edi. Jamoaning APLdan tushib ketish xavfi ostida qolgani klubni tezkor qaror qabul qilishga va Robertodan hoziroq foydalanishga majbur qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Maurisio Pochettino 2014 yildan 2019 yilga qadar «Tottenhem»da faoliyat yuritgan. Hozirda u 2024 yilning sentyabr oyida tayinlangan AQSH terma jamoasini boshqarmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting