locale OZ

«Piza» Albiolning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Piza» Albiolning transferini e'lon qildi
Фото: Пиза

Raul Albiol endi "Piza" futbolchisi. Bu haqda Italiya klubi o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

"Real"ning sobiq himoyachisi bilan tuzilgan shartnoma bir yilga mo‘ljallangan va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoni mavjud.

O‘tgan yozda 39 yoshli Albiol "Vilyarreal" bilan shartnoma yakuniga yetgani sababli jamoani tark etgandi.

Futbolchi faoliyati davomida u “Real”, “Napoli”, “Valensiya” va “Xetafe” kabi jamoalar safida 700 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Albiol Ispaniya milliy jamoasi bilan ikki marta Yevropa chempioni bo‘lgan (2008, 2012) va 2010 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting