locale OZ

Pirs Morgan: \"Umid qilamanki, Ispaniya Argentinani Folklend urushidagidek tor-mor qiladi\"

JCh-2026 finalida Argentina va Ispaniya o‘zaro to‘qnash keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pirs Morgan: "Umid qilamanki, Ispaniya Argentinani Folklend urushidagidek tor-mor qiladi"
Foto: Getty Images

Taniqli britaniyalik jurnalist Pirs Morgan JCh-2026 finali oldidan Argentina va Ispaniya bo‘lajak uchrashuvi haqida keskin bayonot berdi.

Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ispaniyaga omad tilab, Argentina Folklend urushida Buyuk Britaniya mag‘lub etilganidek yirik hisobda mag‘lub bo‘lishiga umid qilishini yozdi. Bu bayonot Argentina futbolchilarining yarim finaldan keyin "Malvina orollari Argentinaniki" degan siyosiy banner bilan tushgan surati ortidan yangradi.

Ma'lumki, Argentina futbolchilarining ushbu harakati Buyuk Britaniyada keskin norozilikka sabab bo‘ldi. Mamlakat hukumati FIFAni voqeani o‘rganishga chaqirdi, chunki tashkilot qoidalariga ko‘ra, futbol maydonida siyosiy mazmundagi banner va shiorlardan foydalanish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Argentina va Ispaniya o‘zaro to‘qnash keladi. So‘nggi kunlarda sportdagi ushbu qarama-qarshilik Folklend (Malvina) orollari bo‘yicha uzoq yillik siyosiy mojaro sabab maydon tashqarisida ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting