locale OZ

Pirs Morgan Jorje Jezushni Ronalduga hurmatsizlikda aybladi

Morgan portugaliyalik mutaxassisni Erik ten Hag bilan qiyoslab, u Ronalduni kamsitishga urinayotganini ta’kidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pirs Morgan Jorje Jezushni Ronalduga hurmatsizlikda aybladi
Foto: Getty Images

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezushni Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat sabab keskin tanqid qildi. Morgan portugaliyalik mutaxassisni Erik ten Hag bilan qiyoslab, u Ronalduni kamsitishga urinayotganini ta’kidladi. Bu haqda The News International nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Jezushni “portugaliyalik ten Hag” deb atagan va murabbiyni Ronalduga nisbatan ochiq hurmatsizlikda ayblagan. Jurnalist, shuningdek, vaziyatga yana qaytishini va Jezushning xatti-harakatlarini alohida muhokama qilishini bildirgan.

Mojaro Ronaldu Portugaliyaning Norvegiyaga qarshi uchrashuvini to‘liq zaxirada o‘tkazganidan keyin kuchaydi. Keyinchalik Jorje Jezush Daniyaga qarshi bahsda ham 41 yoshli hujumchini asosiy tarkibga kiritmasligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Ronaldu terma jamoa qarorgohini tark etdi. Portugaliya futbol federatsiyasi va Jezush esa keyinchalik futbolchining milliy jamoaga qaytishi uchun eshik ochiq ekanini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta uchrashuv o‘tkazib, 146 ta gol urgan. U milliy jamoa tarixida ham o‘yinlar soni, ham urilgan gollar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting