locale OZ

Pirs Morgan: Ispaniya «Argentinani tor-mor etishini istayman»

Jahon birinchiligining Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 19 iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pirs Morgan: Ispaniya «Argentinani tor-mor etishini istayman»
photo: gettyimages

Britaniyalik jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Argentina terma jamoasi futbolchilarining JCH-2026 yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng «Malvin orollari — argentincha» deb yozilgan bannerni ko‘targaniga munosabat bildirdi.

«Madaniyatsizlar. Umid qilamanki, Ispaniya ularni finalda xuddi biz Folklend urushida ularni tor-mor etganimizdek, juda katta hisobda mag‘lub etadi», — deb yozdi Morgan o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Jahon birinchiligining Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 19 iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs «Metlayf» stadionida (Ist-Raterford, AQSH) bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting