locale OZ

Pirlo Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Pirlo Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
ФОТО: Getty images

Afsonaviy futbolchi va murabbiy Andrea Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Italiya futbol federatsiyasining yangi texnik direktori Paolo Maldini hamda uning maslahatchisi Leonardo milliy jamoa bosh murabbiyligi uchun aynan Pirlo nomzodini ustuvor variant sifatida ko'rib chiqmoqda.

Shuningdek, federatsiya rahbariyati Pep Gvardiola, Antonio Konte va Roberto Manchini nomzodlarini ham o'rganmoqda. Xabar qilinishicha, hafta oxiriga qadar yakuniy tanlov amalga oshiriladi. Shundan so'ng Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Jovanni Malago tanlangan mutaxassis bilan rasmiy muzokaralarni boshlash bo'yicha qaror qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, Andrea Pirlo 2025 yil yozidan buyon BAAning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Dubay Yunayted" klubini boshqarib kelmoqda. 47 yoshli mutaxassis faoliyati davomida "Yuventus", Turkiyaning "Fatih Karagyumryuk" va Italiyaning "Sampdoriya" jamoalarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting