locale OZ

Pike: «Referilar har doim «Real»ga yon bosadi»

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Ispaniyadagi hakamlik masalasi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pike: «Referilar har doim «Real»ga yon bosadi»
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq himoyachisi Jerar Pike Ispaniya chempionatidagi hakamlik haqida fikr bildirib, «Real» futbolchilariga nisbatan referilar tarafkashlik ko'rsatishini taʼkidladi.

«Mateu Laos oʻzini do'stdek tutadi. Krishtianu Ronaldu yoniga borib, «Aka, ukang qanday?», deb so'raydi. U bilan yaqin muomalada boʻladi, ammo sen gaplashmoqchi boʻlsang, e'tibor bermaydi, senga sariq kartochka beradi. Men ularni bir xil deb bilaman», — dedi Pike.

Sobiq himoyachining soʻzlariga koʻra, kichik holatlar — mayda qo'polliklar, autlar, burchak toʻplari ham o'yin taqdirini hal qiladi.

«Real» bunday vaziyatlarda har doim yuqori darajada o'ynaydi va imkoniyatlar yaratadi», — deya qoʻshimcha qiladi Pike.

Maʼlumot uchun, Jerar Pike «Barselona» safida jami 616 ta oʻyinda maydonga tushib, 53 ta golga mualliflik qilgan. U 2023 yilning yanvar oyida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting