Pike «Real»ning Ispaniya Kubogini tark etganiga istehzoli munosabat bildirdi
Madridliklar safarda ikkinchi divizon vakiliga sensatsion tarzda magʻlubiyatga uchradi.
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq himoyachisi Jerar Pike Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Real»ning «Albasete»ga mag‘lub bo‘lganiga istehzoli munosabat bildirdi.
Uchrashuv Ispaniyaning Albasete shahridagi «Karlos Belmonte» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni bosh hakam sifatida Viktor Garsiya Verdura boshqardi. Mezbonlar 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi.
«Yangi «Real» uchun a’lo darajadagi debyut. 3:2», — deya Pike so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
«Albasete»ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng «Real» Ispaniya Kubogidagi ishtirokini yakunladi. Ushbu bahs «qirollik klubi» uchun yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa qo‘l ostidagi ilk o‘yin bo‘ldi. Avvalroq mutaxassis ushbu lavozimda o‘z vatandoshi Xabi Alonsoni almashtirgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist