locale OZ

PFL marketing bo'limi \"Qo'qon 1912\"ga e'tiroz bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PFL marketing bo'limi "Qo'qon 1912"ga e'tiroz bildirdi
PHOTO: Telegram

Superliga 5 turidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Liga komissari “Qo'qon-1912” 1:0 “Buxoro” o'yinida yuzaga kelgan muammolarni pratakolga kiritdi.

Uchrashuv yakunida maydonga muxlislar tushib ketishi holati kuzatilgan. Komissar bildirgisida klub xavfsizlik ofitseri mazkur masalada yetarlicha ishlamagani qayd etilgan.

Liganing rasmiy uchrashuvni o‘tkazish bilan bog‘liq badiiy dasturiga klub tomonidan bepisand munosabatda bo‘lingan va u tabloda yetarlicha aks ettirilmagan. Liga Qo‘qondagi stadion maxsus xodimlari bu borada qanday faoliyat olib borishini o‘rgatish uchun Superliga 1-turidan o‘rin olgan bellashuvga o‘z mutaxassislarini yuborgan bo‘lsa-da, keyingi turlarda uning ijrosi yetarli darajada ta’minlanmayapti.

Shuningdek, Liga marketing bo‘limi mazkur bellashuv yuzasidan o‘z e’tirozlarini kiritib o‘tgan. Mazkur e’tiroz bevosita Liga shartnomalari bilan bog‘liq ekanligidan kelib chiqib, “Qo‘qon-1912” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting