Petr Chexning o‘g‘li \"Fulhem\" bilan shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
"Chelsi", "Arsenal" va Chexiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Petr Chexning o‘g‘li “Fulhem” bilan shartnoma imzoladi.
Damin Chex 2027 yil yozigacha London klubining sharafini himoya qiladi. Petr ushbu yangilikni o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qildi.
"Fulhem" bilan tuzilgan shartnoma uning professional faoliyatidagi ilk kelishuvi bo‘ldi.
Londonliklar 2024/25 yilgi mavsumda Premyer-ligada 11-o‘rinni egalladi va Angliya Kubogi chorak final bosqichiga chiqdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist