Petr Chex xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi
Chexiyalik sobiq posbon faoliyatiniiz ustida davom ettiradi.
FOTO: Getty Images
Sobiq futbol darvozaboni, «Chelsi», «Arsenal» va Chexiya milliy jamoasi sobiq a’zosi Petr Chex xokkeydagi karerasini qayta boshladi. 43 yoshli Chex Buyuk Britaniyaning to‘rtinchi divizionida o‘ynaydigan «Haringey Huskies» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Chex xokkeyda ham darvozabon sifatida maydonga tushadi. London klubi uning xokkeydagi beshinchi jamoasi bo‘ldi. Avval Petr «Gilford Feniks» (to‘rtinchi britaniya divizioni), «Chelmsford» (uchinchi), «Oksford» (uchinchi) va «Belfast» (birinchi, elit) jamoalarida o‘ynagan.
Chex — Angliya Premer-ligasida «suxoy» o‘yinlar soni bo‘yicha rekord egasi va Chexiya milliy jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi (124 o‘yin). Petr futbolchilik faoliyatini 2019 yilda yakunlagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist