Petar Sučić transferiga top-klublar qiziqish bildirmoqda
Sučićning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirigacha tuzilgan.
Фото: Getty Images
«Inter» klubi yarim himoyachisi Petar Sučić transfer bozorida talabi yuqori bo‘lgan futbolchilardan biriga aylandi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli xorvatiyalik futbolchining o‘yinini Madridning «Real»i, «Nyukasl» va «Nottingem Forest» klublari kuzatib bormoqda.
«Inter» esa o‘z yarim himoyachisini 60–65 million yevroga baholamoqda.
Sučićning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirigacha tuzilgan.
Xorvatiyalik futbolchi joriy mavsumda Italiya chempionatida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.