locale OZ

Peshqadamlar to‘qnashuvida amaldagi chempion g‘alaba qozondi

Har ikki jamoa maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqi bilan tushib, yuqori sifatli, tomoshabop o‘yin namoyish etib berishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Peshqadamlar to‘qnashuvida amaldagi chempion g‘alaba qozondi
photo: UFF

Mamlakat XXIX milliy chempionati – Oliy liganing 3-tur bahslari kutilganidan ham qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida o‘tmoqda. Har bir o‘yin kunidan keyin musobaqa jadvalida jamoalar o‘rin almashishayotgani, uchrashuvlarda kutilmagan natijalar qayd etilayotgani fikrimiz dalilidir.

3-turning markaziy uchrashuvida hali yangi mavsumda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan ikki peshqadam – BMB PFC va SQB jamoalari to‘qnash kelishdi. Har ikki jamoa maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqi bilan tushib, juda yuqori sifatli, tomoshabop o‘yin namoyish etib berishdi.

Tezkor va qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tgan bahsda uch karra O‘zbekiston chempioni BMB PFC futzalchilari yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Bu uchrashuv yakunida qayd etilgan natijada ham o‘z aksini topdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting