locale OZ

Perishich jahon chempionatlari tarixida Messi bilan tenglashdi

37 yoshli futbolchi ketma-ket to‘rtinchi jahon chempionatida golli uzatma muallifiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Perishich jahon chempionatlari tarixida Messi bilan tenglashdi
ФОТО: Getty images

Xorvatiya terma jamoasi vingeri Ivan Perishich JCh-2026 guruh bosqichining 1-turida Angliyaga qarshi kechgan bahsda (2:4) golli uzatmani amalga oshirib, tarixiy natijani qayd etdi.

Opta Franz xabariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi ketma-ket to‘rtinchi jahon chempionatida golli uzatma muallifiga aylandi. U 2014-yildan buyon ishtirok etayotgan har bir mundialda kamida bitta golli pas berishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Perishich ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Lionel Messidan keyingi ikkinchi futbolchiga aylandi. Argentina yulduzi hisobida beshta mundialda assistentlik qilish natijasi mavjud. Statistik ma’lumotlar 1966-yildan buyon hisoblab kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya terma jamoasi «L» guruhidagi ikkinchi uchrashuvini 24-iyun kuni Panamaga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting