Perishich \"Barsa\"ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor
Photo: Getty Images
Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Perishich faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istamoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 36 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolash uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.
Qayd etilishicha, klub ustozi Hans-Diter Flik Perishichni klubga olib kelish tarafdori hisoblanadi.
O'z navbatida PSV klubi ham unga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda. Biroq futbolchi La Liga chempionidan taklif kutmoqda.
O'tgan mavsum Ivan Niderlandiya chempionatida 27 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.