Perin «Yuventus»dan «Palermo»ga o'tdi
"Yuventus" klubi o'z rasmiy sayti orqali darvozabon Mattia Perin "Palermo"ga transfer qilinganini ma'lum qildi.
Turinliklar 33 yoshli posbon bilan xayrlashar ekan, uning klub tarixidagi xizmatlarini alohida ta'kidladi.
"Shu tariqa futbolchining "qora-oqlar" safidagi muhim davri yakunlandi. U doimo ishonchliligi, professionalligi va jamoaviy ruhi bilan ajralib turgan.
Mattia "Yuventus" darvozasini xarizma va fidoyilik bilan himoya qildi. U maydonda ham, uning tashqarisida ham jamoa uchun juda qimmatli futbolchi bo'lib qoldi. Faoliyatining yangi bosqichida unga omad tilaymiz!" — deyiladi klub bayonotida.
Perin 2018 yilda "Yuventus"ga qo'shilgan edi. Shu vaqt davomida u turinliklar safida 71 ta uchrashuvda ishtirok etib, jamoa bilan 4 ta sovrinni qo'lga kiritdi.