Perin faoliyatini «Palermo»da davom ettirishi mumkin
Mattia 2018 yildan buyon "Juventus" sharafini himoya qilib keladi.
ФОТО: Getty images
"Juventus" darvozaboni Mattia Perin faoliyatini "Palermo"da davom ettirishi mumkin.
Insayder Nicolo Schira ma'lumotiga ko'ra, Sitsiliya klubi 33 yoshli italiyalik posbonni o'z safiga qo'shib olish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Peringa 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilingani haqida ham xabarlar bor.
Perin 2018 yildan buyon "Juventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2020/21 yilgi mavsumni ijarada "Genoa"da o'tkazgan.
O'tgan mavsumda italiyalik darvozabon "Juventus" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol o'tkazib yubordi va 3 ta o'yinda darvozasini daxlsiz saqladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist