locale OZ

Peres: «Mourinyo ajoyib murabbiy»

OAV Mourinyoning qaytishi 7 iyundagi prezidentlik saylovlari yakunlangach e'lon qilinishini xabar qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Peres: «Mourinyo ajoyib murabbiy»
ФОТО: Getty images

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres klubga tayinlanishi mumkinligi aytilayotgan portugaliyalik murabbiy Jozé Mourinyo bilan gaplashmaganini aytdi. Avvalroq OAV Mourinyoning qaytishi 7 iyundagi prezidentlik saylovlari yakunlangach e'lon qilinishini xabar qilgandi.

– Mourinyo jamoaga nima olib kelishi mumkin?

– U ajoyib murabbiy. Men uni yaxshi bilaman, u ham «Real»ni va jamoa futbolchilarini biladi, lekin boshqa [murabbiylar] ham ko'p.

– Siz doim u sevimli murabbiylaringizdan biri ekanini aytgansiz.

– Biz uch marta Chempionlar Ligasi yarim finaligacha bordik, ammo turli sabablarga ko'ra finalga chiqa olmadik. Biroq bu bizga aqlbovar qilmas raqobatbardoshlik hissini berdi. O‘shandan beri, shuningdek, yaxshi murabbiylar bo‘lgan boshqa mutaxassislar bilan 10 yil ichida olti marta Chempionlar Ligasini yutdik. Mourinyo bilan gaplashmadim, — dedi Peres El Pais nashriga bergan intervyusida.
Mourinyo 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting