locale OZ

Peres: «Ko’rsatkichlar yana yuqori bo’lishi mumkin edi. Mingga yaqin ovoz bekor qilindi»

Peres «Real» prezidenti lavozimini ketma-ket sakkizinchi marta egallamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Peres: «Ko’rsatkichlar yana yuqori bo’lishi mumkin edi. Mingga yaqin ovoz bekor qilindi»
ФОТО: Getty images

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres 2026-yil 7-iyun kuni bo’lib o’tgan klub prezidenti saylovlari yakunlari bo’yicha o’z fikrlarini bildirdi.

«Biz barcha saylov uchastkalarida g’alaba qozondik va klub tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdik.

Rekord natijani 2004-yilda o’rnatgan edik. Shuni aytishim kerakki, ko’rsatkichlar yanada yuqori bo’lishi mumkin edi, chunki pochtadan kelgan mingga yaqin ovoz bekor qilindi.

Notarius tomonidan tasdiqlangan ushbu ovozlar protsessual qoidabuzarliklar sababli hisobga olinmadi. Biz ushbu qaror ustidan shikoyat qilamiz, chunki haqligimizga ishonchimiz komil», — deya Peresning so’zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Saylov yakunlariga ko’ra, 79 yoshli Peres o’z raqibi, ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelmeni ortda qoldirib, 2030-yilgacha klubni boshqarishda davom etadigan bo’ldi. Peres «Real» prezidenti lavozimini ketma-ket sakkizinchi marta egallamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting