Pepe Reyna \"Vilyarreal\"da ish boshladi
U yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi
Photo: Getty Images
Ispaniya terma jamoasi va “Como”ning sobiq darvozaboni Pepe Reyna 42 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
Endilikda u “Vilyarreal”ning U-19 jamoasini boshqaradi. Yangi mavsumdan boshlab sobiq kipyer klubga ustozlik qiladi.
Umuman olganda, Reyna “sariq suvosti kemasi” jamoasiga begona emas. Mazkur klub safida 2002-2005 va 2022-2024 yillarda to'p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist