Pepe APLga qaytishi mumkin
Photo: Getty Images
“Vilyarreal” klubi vingeri Nikolya Pepe yozgi transfer oynasida yana Angliyaga qaytishi mumkin.
TeamTalk xabariga ko'ra, “Everton” va “Vulverxempton” klublari 29 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shishga qiziqish bildirmoqda. Ivuarlik futbolchi ilgari "Arsenal"da o'ynagan.
Ma'lumot uchun, Pepe 2024 yil avgust oyida “Vilyarreal”ga erkin agent sifatida kelib, ikki yillik shartnoma imzolagandi.
Joriy mavsumda u La Ligada 24 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist