locale OZ

Pep Gvardiola Xusanov haqida: Hamma futbolchi men uchun muhim

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

“Manchester Siti”ning “Fulhem” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng Pep Gvardiola Jek Grilishning tarkibda yo‘qligi haqida izoh berdi va jamoada barcha futbolchilarga birdek e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Jurnalistlar Grilishning nima uchun o‘yinda qatnashmaganini so‘rashdi. Bu haqda so‘z yuritar ekan, Gvardiola shunday dedi:

“Grilishdan noroziman deganmanmi? Bu haqiqatga zid. U men uchun boshqa o‘yinchilar singari muhim. Masalan, Abduqodir Xusanov, Vitor Roke, Jeyms Makayti — ular bugun o‘ynamagan bo‘lsa-da, men ular haqida qayg‘uraman. Jamoamda farq yo‘q — har bir futbolchi men uchun ahamiyatli”.

“Siti” Premyer-liga mavsumini yakunladi va endi 15 iyunda start oladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Gvardiola boshchiligidagi jamoa musobaqaga jiddiy yondashishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting