locale OZ

Pep Gvardiola: Men uni boshqarishni juda xohlar edim

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Barselona”ning 17 yoshli iste’dodli futbolchisi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. Mashhur mutaxassis yosh vunderkind bilan ishlashni juda xohlashini aytdi, biroq buning amalga oshish ehtimoli juda kamligini qayd etdi.

— Men uni boshqarishni juda xohlar edim… Lekin bu ehtimol kamroq, — dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatini aynan “Barselona”da boshlagan. U 2008 yil kataloniyaliklar murabbiylar shtabiga kelib qo'shilgan va to'rt mavsum davomida jamoaga rahbarlik qilgan. Bu davr mobaynida u 14 ta sovrinni qo'lga kiritgan, jumladan, ikki marta Chempionlar ligasi, uch bor La Liga va ikki marta Ispaniya Kubogini yutib olgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting