Pep Gvardiola ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
«Man Siti» bosh murabbiyi mavsumdagi oltinchi sariq kartochkasini oldi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Kubogining 1/8 finali doirasida «Nyukasl»ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:3) mavsumdagi oltinchi sariq kartochkasini oldi. Ushbu holat ispaniyalik mutaxassisning ikki o‘yinga chetlatilishiga sabab bo‘ldi.
Jurnalist Saymon Baykovskining ta’kidlashicha, ushbu diskvalifikatsiya Angliya Liga Kubogi finaliga (22 mart, «Arsenal»ga qarshi) taalluqli emas. Shu sababli, Gvardiola quyidagi muhim uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi:
- 14 mart: «Vest Xem»ga qarshi APL 30-tur bahsi;
- Angliya Kubogining chorak final uchrashuvi.
«Manchester Siti» 29 ta o‘yindan so‘ng 60 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini band etib turibdi. «Shaharliklar» peshqadam «Arsenal»dan 7 ochko ortda qolayotgan bo‘lsa-da, zaxirada bitta o‘yinga ega.
Nasrullo Karimov
Jurnalist