locale OZ

Pedru Netu «Al-Hilol»ga taklif qilindi – manba

Mendes o‘z mijozini "Al-Hilol" klubiga taklif qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedru Netu «Al-Hilol»ga taklif qilindi – manba
ФОТО: Getty images

"Chelsi" hamda Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Pedru Netu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluidji Longarining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, futbolchining agenti Jorge Mendes o‘z mijozini "Al-Hilol" klubiga taklif qilgan.

Avvalroq "Al-Hilol" hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida transfer bozorini o‘rganayotgani va "Bavariya" qanot hujumchisi Luis Dias bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, saudiyaliklar klubining yozgi transfer byudjeti 350 million yevrodan oshadi. Jamoa kolumbiyalik futbolchi uchun 105–132 million yevro oralig‘ida mablag‘ to‘lashga tayyor.

"Al-Hilol" ushbu transfer oynasida hujum chizig‘iga bir nafar legionerni allaqachon o‘z safiga qo‘shib ulgurgan.

Niderlandiya milliy jamoasi vakili, 24 yoshli qanot hujumchisi Krisensio Sammervill klub bilan shartnoma imzolagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting