locale OZ

Pedru Moreyra: \"Bugun g'alaba juda muhim edi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedru Moreyra: "Bugun g'alaba juda muhim edi"
Photo: FC PAKHTAKOR

Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” - "Sho‘rtan" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo‘limda hujumda faol harakat qildik va ko‘proq golli imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Raqibning kuchli taraflarini to‘sa oldik. Bugun g‘alaba juda muhim edi. Ish­ti­yoqni saqlab qolish kerak edi.

Bir futbolchi kam bo‘lganda himoyaga ko‘proq e'tibor beriladi. Raqibni darvozamizga yaqinlashtirmaslikka intildik va yaqqol vaziyatlarga yo‘l qo‘ymadik. Bo‘sh hududlarga chiqib borishga urindik, ammo ularni golga aylantira olmadik. Farg‘onada ham, bugun ham muhim yutuqqa erishdik", - dedi portugal mutaxassisi matbuot anjumanida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting