locale OZ

Pedro Porro «Tottenhem» bilan shartnomasini uzaytirdi — Romano

Unga koʻra, yangi shartnoma 2031-yilga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedro Porro «Tottenhem» bilan shartnomasini uzaytirdi — Romano
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pedro Porro «Tottenhem» klubi bilan yangi kelishuvga imzo chekdi. Bu haqda Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaning bergan maʼlumotiga koʻra, futbolchi va klub oʻzaro hamkorlikni davom ettirish shartlarini kelishib olishgan. Yangi mehnat shartnomasi 2031-yilning yoziga qadar amal qiladi va unga bitimni yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi ham kiritilgan. Shuningdek, ispaniyalik himoyachining maoshi ham oshirilgan.

2025/2026-yilgi mavsumda Porro barcha turnirlarda jami 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Yakunlangan mavsum natijalariga koʻra, London jamoasi Angliya Premyer-ligasi (APL) turnir jadvalida 17-oʻrinni egalladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting