Pedro Porro: \"Kelajagimni \"Tottenhem\" bilan bog‘layman\"
So‘nggi haftalarda Pedro Porroning nomi "Real Madrid" va boshqa top-klublar bilan bog‘langan edi.
Foto: Getty Images
"Tottenhem" himoyachisi Pedro Porro o‘z kelajagi haqida gapirar ekan, ayni paytda klubni tark etish niyati yo‘qligini ma'lum qildi. Ispaniyalik futbolchi London jamoasida o‘zini baxtli his qilayotganini va barcha e'tiborini yangi mavsumga qaratganini aytdi.
"Mening "Tottenhem" bilan amaldagi shartnomam bor. Hozir boshqa narsa haqida o‘ylamayapman. Bu klubda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va bor e'tiborimni jamoaga qaratganman", — dedi Porro.
So‘nggi haftalarda Pedro Porroning nomi "Real Madrid" va boshqa top-klublar bilan bog‘langan edi. Biroq futbolchining bayonoti va yaqinda 2031-yilgacha imzolagan yangi shartnomasi uning yaqin kelajakda "Tottenhem"da qolish niyatida ekanini ko‘rsatmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist